O‘qituvchi va murabbiylar e’zozda

Kogon shahrida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilayotgan ustoz va murabbiylar, faxriy pedagoglar hamda yosh avlod vakillari ishtirok etdilar.

Tadbirni shahar hokimi Mirshakar To’raboyev  ishtirok etib o‘qituvchi hamda murabbiylarning jamiyat hayotidagi o‘rni, xalqimizning ma’naviy-ma’rifiy taraqqiyotidagi ulkan xizmatlarini yuksak qadrladi. Barcha ustozlarni kasb bayramlari bilan samimiy tabriklab, ularga sog‘lik-salomatlik, baxtu-saodat va faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar tiladi.
 Shuningdek, tadbir davomida sohada fidokorona mehnat qilib kelayot ustoz murabbiylarga   Taʼlim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kogon shahar boʻlinmasi tomonidan tashakkurnoma va estalik sovgʻalar topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email