
O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shofirkon tuman bo‘linmasi tomonidan tuman maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi mas’ul xodimlari bilan hamkorlikda Ustoz va murabbiylar kuni, shuningdek, O‘zbekistonda kasaba uyushmalari harakatining 120 yilligi munosabati bilan bir qator bayram tadbirlari o‘tkazildi.

Ushbu ezgu tashabbus doirasida ta’lim sohasi hamda kasaba uyushmalari tizimida uzoq yillar samarali mehnat qilib, shogirdlar ardog’ida bo’lib hurmat-e’tibor qozongan 15 nafar faxriy ustoz va murabbiylarning uylariga tashrif buyurildi. Ularga g‘amxo‘rlik va ehtirom ifodasi sifatida tabriklar, esdalik sovg‘alari va samimiy tilaklar taqdim etildi.
Bu kabi tadbirlar yurtimizda ustoz va murabbiylarga bo‘lgan yuksak e’tibor, hurmat va qadrlashning yorqin ifodasidir.

