Sog‘lom hayot va do‘stona ruh sari qadam

2025 yilning so‘ngi sentabr kunlari — 25-30 sentabr oralig‘ida Buxoro viloyatida tibbiyot muassasalari xodimlari o‘rtasida “Sog‘liqni saqlash vaziri va Kasaba uyushmasi raisi kubogi” uchun sport spartakiadasi yuqori saviyada tashkil etildi.

Musobaqaning asosiy maqsadi tibbiyot xodimlari orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ularni sport va jismoniy faollikka jalb etish, kasb kasalliklarining oldini olish hamda soha xodimlarining ruhiy holatini ko‘tarishdan iborat bo‘ldi.

Spartakiada doirasida shaxmat, shashka, stol tennisi (ayollar va erkaklar o‘rtasida), shuningdek, mini-futbol kabi sport turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi. Baxslar yuqori kayfiyat va keskin raqobat muhitida o‘tdi. G‘olib va sovrindorlar faqatgina mukofotlar emas, balki Respublika bosqichiga yo‘llanmalarni ham qo‘lga kiritdilar.

Tadbir tibbiyot xodimlari uchun nafaqat sport maydoni, balki soha vakillari o‘rtasida o‘zaro do‘stona muloqot, tajriba almashish, jamoaviy hamjihatlikni mustahkamlash hamda kasbiy birdamlikni kuchaytirishga xizmat qiluvchi muhim platformaga aylandi. Spartakiada doirasida yuzaga kelgan ijobiy muhit va ruhiy ko‘tarinkilik esa ishtirokchilarga yangi ish unumlari va ilhom bag‘ishladi.

Print Friendly, PDF & Email