Bir vatan, bir el, bir bayroq!

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Buxoro viloyat kengashida “Bir vatan, bir el, bir bayroq” shiori ostida ma’rifat soati o‘tkazildi. Tadbirda davlat ramzlarining ahamiyati, bayrog‘imizning tarixiy mazmuni va uning mustaqillik timsoli sifatidagi o‘rni keng yoritib berildi.

Ma’rifat soati davomida ishtirokchilarga bayrog‘imizdagi ranglar va ramzlarning ma’nosi, shuningdek, davlat ramzlariga hurmat bilan munosabatda bo‘lish masalalari batafsil tushuntirildi. Tadbir xodimlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlashga, milliy birlik va birdamlik g‘oyalarini yanada chuqurlashtirishga xizmat qildi.

Print Friendly, PDF & Email