Sog‘lom hayot targ‘iboti: Buxoro viloyat kengashi stol tennisi musobaqasiga tashabbuskor bo‘ldi

Bugun Buxoro stol tennisi federatsiyasi sport zalida O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasining Buxoro viloyat kengashi tashabbusi bilan kasaba uyushmalarining 120 yillik yubileyiga bag‘ishlangan stol tennisi musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada viloyatdagi turli korxona, tashkilot va muassasalarda mehnat qilayotgan 18–35 yoshli yosh (ayol va erkak) xodimlar ishtirok etdilar. Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish, xodimlarning jismoniy faolligini oshirish, ishlab chiqarish jamoalarida sport muhitini yanada kuchaytirish va fuqarolar salomatligini mustahkamlashdir.

Stol tennisi zamonaviy va xavfsiz sport turi sifatida xodimlar salomatligini qo‘llab-quvvatlashda katta ahamiyatga ega. U yurak-qon tomir tizimini mustahkamlaydi, mehnat unumdorligini oshiradi, stress va charchoqni kamaytiradi. Shu bilan birga, ushbu sport turi ishdan keyingi vaqtini foydali va mazmunli o‘tkazishga, xodimlar o‘rtasida sog‘lom muhit va ijobiy kayfiyat shakllantirishga xizmat qiladi.

Kasaba uyushmalari 120 yildan buyon mehnatkashlar manfaatlarini himoya qilish, ularning huquq va ijtimoiy kafolatlarini ta’minlash, ish sharoitlarini yaxshilash yo‘lida faoliyat yuritib kelmoqda. Shuningdek, ish o‘rinlarida xavfsiz mehnat muhitini yaratish, xodimlar salomatligini asrash, ommaviy sportni rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etish va xodimlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish kasaba uyushmalarining asosiy vazifalaridan sanaladi.

Mazkur musobaqaning ahamiyati shundaki, u nafaqat yoshlarni sportga jalb qiladi, balki kasaba uyushmalarining sog‘lom va barqaror mehnat muhitini shakllantirish borasidagi tashabbuslarini yanada qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar viloyat kengashining estalik sovg‘alari, diplom va medallari bilan tantanali ravishda taqdirlandi. Shuningdek, bellashuvda 200 nafardan ortiq sport ixlosmandlari ishtirok etdilar.

Print Friendly, PDF & Email