
Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining Romitan tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raislari uchun “2026–2028 yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasini qabul qilishga oid me’yoriy hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risida” mavzusida amaliy-uslubiy seminar tashkil etildi.
Seminar davomida yangi jamoa shartnomasini qabul qilishga oid me’yoriy hujjatlarni rasmiylashtirish, umumiy yig‘ilishlarni o‘tkazish hamda ularni bayonlashtirish tartiblari bo‘yicha atroflicha tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida ishtirokchilar tomonidan berilgan savollarga tuman bo‘linmasi kengashi vakillari tomonidan tegishli javoblar berildi.
