Jamoa shartnomasi – barqaror mehnat munosabatlari kafolati

Buxoro viloyati Bojxona boshqarmasida tashkilot ma’muriyati va kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2023–2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi muhokamasiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi bo‘yicha ma’muriyat hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobotlari tinglandi. Hisobotlarda xodimlarning mehnat huquqlarini ta’minlash, ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, rag‘batlantirish va sog‘lomlashtirish ishlari yuzasidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar atroflicha yoritildi.

Shuningdek, yig‘ilish ishtirokchilari tomonidan 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi loyihasi muhokama qilinib, taklif va mulohazalar bildirildi. Loyihada xodimlarning huquq va manfaatlarini yanada himoya qilish, mehnat samaradorligini oshirish hamda ijtimoiy kafolatlarni kengaytirishga qaratilgan qator bandlar o‘rin olgan.

Print Friendly, PDF & Email