
2026 yil 18 fevral kuni Buxoro “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyida tashkilot ma’muriyati hamda kasaba uyushmasi qo‘mitasi o‘rtasida 2023–2025 yillarga tuzilgan jamoa shartnomasining 2025 yilda bajarilishi muhokamasiga bag‘ishlangan mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur yig‘ilish jamoa shartnomasida belgilangan vazifalar ijrosini tanqidiy-tahliliy jihatdan ko‘rib chiqish, xodimlarning mehnat huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish, muassasada sog‘lom mehnat muhitini yanada mustahkamlash hamda ijtimoiy sheriklik tamoyillarini kuchaytirish nuqtai nazaridan alohida ahamiyat kasb etdi.

Yig‘ilishda 2025 yil davomida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan ma’muriyat va kasaba uyushmasi qo‘mitasining hisobotlari tinglandi. Hisobotlarda jamoa shartnomasida belgilangan chora-tadbirlarning bajarilish darajasi, mehnatni muhofaza qilish, ijtimoiy himoya, moddiy rag‘batlantirish hamda xodimlar uchun munosib mehnat sharoitlarini yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar atroflicha tahlil etildi.
Shuningdek, yig‘ilishda 2026–2028 yillarga mo‘ljallangan yangi jamoa shartnomasi loyihasi muhokama qilinib, uning mazmun-mohiyati, ustuvor yo‘nalishlari va amalga oshirish mexanizmlari yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida jamoa shartnomasining 2025 yildagi ijrosi qoniqarli deb topildi hamda kelgusi yillarda mehnat jamoasining ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan aniq vazifalar belgilab olindi.