Kitobxon tanlovi – ma’rifat va mutolaa targ‘iboti yo‘lida muhim qadam!

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Olot tuman bo‘linmasi tashabbusi bilan, O’zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Olot tuman kengashi, tuman Axborot-kutubxona markazi, tuman madaniyat bo‘limi hamda maktabgacha va maktab ta’limi tuman bo‘limi hamkorligida umumta’lim maktablari direktorlari o‘rtasida “Kitobxon direktor” tanlovi tashkil etildi.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad — ta’lim muassasalari rahbarlari o‘rtasida kitob mutolaasini keng targ‘ib qilish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish va badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishni oshirishdir.

Tanlov ishtirokchilari o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalarining mashhur asarlari asosida tuzilgan savollar yuzasidan o‘zaro bellashdilar. Asarlarning mazmun-mohiyati, tarixiy voqealar talqini, qahramonlar xarakteri hamda badiiy tasvir vositalari bo‘yicha berilgan savollar tanlov ishtirokchilarning bilim va tafakkuri sinovdan o‘tkazdi.

G‘olib va faol ishtirokchilar Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi hamda O’zbekiston Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Olot tuman kengashi tomonidan diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan tantanali ravishda taqdirlandilar. Mazkur tadbir  kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, xodimlar o’tasida  badiiy adabiyotga qiziqishni oshirish va ma’naviy muhitni yuksaltirishda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Zero, kitob mutolaasi – inson ma’naviy kamolotining poydevori, tafakkur yuksalishining muhim omili va jamiyat taraqqiyotining mustahkam tayanchidir. Kitob bilan do‘st bo‘lgan insonning qalbi boy, fikri teran, maqsadi ulug‘ bo‘ladi. Shu bois, bunday ma’rifiy tadbirlar yurtimizda barkamol avlodni tarbiyalash yo‘lida muhim qadamlardan biri bo‘lib qoladi.

Print Friendly, PDF & Email