
“Kitob o‘qish — ma’naviyatga qo‘yiladigan eng ishonchli sarmoya” mavzusida bayram arafasida tashkil etilgan kitobxonlik tadbiri barcha ishtirokchilarga birdek manzur bo‘ldi.
Viloyat kengashi hamda sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi hamkorligida o‘tkazilgan davra suhbati jamiyatimizda kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, inson ma’naviyatini boyitishga xizmat qiladi.

Kitob — inson tafakkurini charxlaydigan, qalbni poklaydigan va hayot yo‘lini yoritadigan eng ishonchli manbadir. Bugungi globallashuv davrida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, ayniqsa, tibbiyot xodimlari orasida ma’naviy va intellektual salohiyatni oshirish nuqtai nazaridan muhim ahamiyat kasb etadi, bunday uchrashuvlar orqali mutolaa madaniyatini rivojlantirish, kitobga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirish va jamiyatda ma’rifat muhitini mustahkamlash barchamizning ustuvor vazifamizdir.


Tadbir yakunida viloyat kengashi raisi M. Olimovning kitoblari ishtirokchilarga bayram sovg‘asi sifatida taqdim etildi.


