Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik

2026-yil 30-aprel kuni “28-aprel – Butunjahon mehnatni muhofaza qilish kuni” munosabati bilan Kasbiy ko‘nikmalar markazida “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi raisi o‘rinbosari Sh. Javlonov, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi apparati mutaxassisi N. Dadajanov hamda viloyat kengashi rahbarlari va soha vakillari ishtirok etdilar.

Davra suhbati davomida mehnatni muhofaza qilish tizimini takomillashtirish, xodimlar uchun xavfsiz va qulay ish sharoitlarini yaratish, ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarning oldini olish masalalari muhokama qilindi. Shuningdek, ish joylarida sog‘lom psixologik muhitni shakllantirish, ijtimoiy hamkorlikni mustahkamlash va tizimni xalqaro standartlarga moslashtirish bo‘yicha takliflar bildirildi.

Tadbirda Buxoro davlat universiteti dotsenti, psixolog Nozira Musinova sog‘lom ish muhitini yaratish, jamoada ijobiy iqlimni shakllantirish hamda stressning oldini olish bo‘yicha tavsiyalar berdi.

Haftalik doirasida “Zukkolar” intellektual o‘yini ham o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Shuningdek, mehnat muhofazasiga bag‘ishlangan ko‘rgazma tashkil etildi.

Tadbir yakunida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish” yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.  Faol ishtirokchilar va g‘oliblar viloyot kengashi tomonidan munosib rag‘batlantirildi.

 Mehnatni muhofaza qilish va xavfsiz ish muhitini yaratish masalalari doimiy e’tiborda bo‘lishi zarur.

Print Friendly, PDF & Email