
“Ayollar daftari”ning 7-bosqich 1-toifasiga kiritilgan ishsiz xotin-qizlarning bandligini ta’minlash maqsadida Shofirkon tumanidagi “Amirteks” tikuv korxonasida mehnat yarmarkasi tashkil etildi.
Mazkur yarmarkada tumandagi barcha mahallalardan 500 nafarga yaqin xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbir davomida 50 nafarga yaqin xotin-qizlarning doimiy bandligi ta’minlandi.
Shu bilan birga, Romitan tumanida ham xotin-qizlar bandligini ta’minlash, ularning ijtimoiy himoyasini kuchaytirish va daromad manbalarini yaratish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, “Ayollar daftari”ga kiritilgan ehtiyojmand va ishsiz xotin-qizlarni kasb-hunarga o‘qitish, doimiy ish o‘rinlariga joylashtirish hamda tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha amaliy chora-tadbirlar ko‘rilmoqda.


