Siz har doim e’tibordasiz

      Buxoro davlat universiteti bosh yig`ingohida 3- dekabr “Xalqaro nogironlar kuni» munosabati bilan “Siz har doim etibordasiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o`tkazildi.  BMT agentliklari, fuqarolik jamiyati tashkilotlari, ta’lim muassasalari va bir qancha tashkilotlar  turli tadbirlarda hamkorlik qilish orqali barchani nogironligi bo‘lganlarning muammosini hal etishga va mazkur kunni alohida ruh bilan o‘tkazishga chaqiradi. Imkoniyati cheklangan yoshlar eʼtibordan chetda qolmasligi, ularning hayotda oʻz oʻrniga ega boʻlishi, kasb oʻrganishi, oʻqishi va ijod qilishi uchun davlatimiz tomonidan barcha qulayliklar yaratib berilmoqda. 

 Tashkil etilgan tadbirning maqsadi ham aynan ushbu sananing mohiyatini ochib berish hamda imkoniyati cheklangan talabalar , ishchi xodimlar hech qachon  mehr va e’tibordan chetda emasligi, ular har doim bag’ri keng saxovatpesha xalqimizning ardog’ida ekankigini his etishdan iforatdir.

   Ma’muriyat tomonidan universitetda ishlabturgan nogironliligi bo’lgan professor-o’qituvchi va ishchi-xodimlarga hamda tahsil olayotgan talabalarga rag’batlantirishlar berildi.

         

Universitetning «Buxoriy» talabalar teatr studiyasi tomonidan H.H.Niyoziyning «To`xmatchilar jazosi» asariga ishlangan sahna ko`rinishi tomoshabinlar olqishiga sazovor bo`ldi. San`atshunoslik fakulteti iqtidorli talabalarining badiiy-kompozitsion chiqishlari talabalarga ko`tarinki ruh bag`ishladi.

.

Print Friendly, PDF & Email