Inson qadri ulug‘dir!

     Kundan-kun rivojlanib, taraqqiy etib borayotgan Mustaqil O‘zbekistonda bugun inson qadri ulug‘dir. Islohotlarning barchasi shu xalqning istiqboli, iqboli uchun xizmat qiladi. Bunday tanti, mard xalqni hech qanday yovuz kuch yenga olmaydi.

Muhtaram yurtboshimiz tomonlaridan shu xalq, shu yurt uchun yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan O‘zbekiston xalqi minnatdor. Nafaqat o‘z diyorimiz, balki jahondagi yuzlab davlatlar tomonidan bu e’tirof etilmoqda. O‘zbekiston xalqi o‘z yutboshisiga ishonadi.

Mustaqillikning 31 yilligi munosabati bilan bugun yurtimiz bo‘ylab «Yangi O‘zbekistonda el aziz,inson aziz!» g‘oyasini o‘zida mujassam etgan targ‘ibot loyihalari, madaniy-ma‘rifiy tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan bugun Olot tumanining muhtasham madaniyat markazida O’zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining viloyat Kengashi tomonidan hamda  «O‘zbekkonsert » davlat muassasasi tomonidan viloyatimizning taniqli san’atkorlari  ishtirokida navbatdagi konsert dasturi bo’lib o’tdi. Madaniy tadbirda barcha sohaning ilg’or  fidoiylari taklif etildi va tashkilotchilar tomonidan fidokorona mehnatlari uchun estalik sovg’alar bilan taqdirlandilar.

Print Friendly, PDF & Email