Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi xodimlar va ish beruvchilar manfaatlari muvozanatini ta’minlashga xizmat qiladi
Kuni kecha viloyat Kengashi ishchi xodimlari va tarmoq mas’ul tashkilotchilari, Buxoro shahar kengashlari va birlashgan qo‘mita raislari ishtirokida o‘quv-seminar tashkil etildi. Mazkur o‘quv-seminarni viloyat Kengashi mehnat huquq inspektori Murodjon Arslonov, mehnatkashlarning ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoya qilish bo‘lim mudiri Sardor Ergashevlar olib bordi. Seminarda joriy yilning 30 aprelidan kuchga kiridigan yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi haqida ma’lumot berilib, o‘zgarishlar alohida tushuntirib berildi.
Yangi tahrirdagi Mehnat kodeksi qabul qilinishi bozor iqtisodiyoti talablarini hisobga olgan holda xodimlar va ish beruvchilar manfaatlari muvozanatini ta’minlash, kichik biznes va yakka tadbirkorlik sohasiga mehnat qonunchiligini tatbiq etishni soddalashtirish, shuningdek, mazkur sohalarda yollanib ishlovchilar mehnatini huquqiy tartibga solish xususiyatlarini hisobga olish, Mehnat kodeksi qoidalarini xalqaro huquq normalari, xodimlarning mehnat huquqlarini himoya qilish, mehnat nizolarini ko‘rib chiqish kabi yangi normalarni o‘z ichiga olganligi haqida ma’lumot berildi.
Тадбирда иштирокчиларни қизиқтирган саволларга атрофлича жавоб берилди.