O‘zbekiston «VETERAN» jangchi-faxriy va nogironlari Birlashmasi tashkil etilganligining 29 yilligi hamda jangchi faxriylarni Afg‘onistondan olib chiqilganligining 34 yilligi munosabati bilan Buxoro davlat universiteti kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan universitetda faoliyat ko‘rsatayotgan Afg‘on urushi qatnashchilari va universitetning faol talabalari ishtirokida uchrashuv tashkillashtirildi.
Uchrashuvni unversitet rektori O.X. Xamidov ochib berib, yig‘ilganlarga vatanparvarlik tuyg‘ularini yoshlarimiz ongiga singdirish, Vatanimiz tarixini mukammal bilmoqlikni, tinch osuda hayotimizni qadriga yetish hamda jangchi faxriylarni ko‘rsatgan ulkan jasorati haqida nutq so‘zladi.
Uchrashuv davomida universitetning bosh yurist maslahatchisi, Afg‘on urushi qatnashchisi G.S. Najmiddinov afg‘on urushida sodir bo‘lgan voqe’alar haqida so‘zlab berdi. Urushda halok bo‘lgan safdoshlarini xotirlab, ularning qiyofasi ko‘z o‘ngidan hamon ketmasligini, ko‘plari bu mudhish urushdan bir umurga nogiron bo‘lib qaytganligini mahzunlik bilan esladi va shubilan birga ona Vatanga sog’-omon qaytganliklari uchun shukronalik bildirdi.
Afg‘on urushi faxriylariga BuxDU kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan estalik sovg‘alar topshirildi.
BuxDU KUQ raisi B.B. Qobilov