Targ‘ibot tadbirlari davom etmoqda

     Buxoro shahar S.Ayniy mahalla fuqarolar yig‘inida hamda 16-umumta’lim maktabida “Konstitusiya meniki, seniki, bizniki! Konstitusiya o‘zimizniki!” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari bo‘lib o‘tdi. Tadbirlarda Konstitusiyaga kiritilishi rejalashtirilgan o‘zgartirishlar, yangilanayotgan Bosh Qomusimizning mamlakatimiz taraqqiyotidagi tutgun o‘rni hamda referendum o‘tkazish tartibi haqida so‘z bordi.  Ushbu tadbirda Buxoro viloyat kasaba uyushmalari xodimlari ham faol ishtirok etdi.

     So‘zga chiqqan Buxoro muhandislik-texnologiya instituti arxitektura-qurilish fakulteti dekani muovini Temirov Sheroz To‘rayevich, o‘zbek tili va adabiyoti kafedra mudiri Yunusova Gulandom Samiyevna, O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federasiyasining Buxoro viloyat kengashi madaniy-ma’rifiy va sport ishlari bo‘limi mudiri Jurayeva Lola Olimovna yangi tahrirdagi Konstitusiyaning mazmun-mohiyati va undagi muhim o‘zgartirishlar to‘g‘risida ma’lumot berib, barchani 30-aprelda bo‘lib o‘tadigan Referendumda faollik ko‘rsatishiga chaqirdilar.

Print Friendly, PDF & Email