O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Buxoro viloyat Kengashi tomonidan kasaba uyushmalari tizimida mehnatkashlarni sog‘lomlashtirish kabi xayrli ishlarni amalga oshirish an’anaga aylangan. Xamshiralar kuni munosobati bilan yana 3 nafar Olot, Jondor hamda Vobkent tumani viloyat tibbiyot muassasalarida ko‘p yillardan beri mehnat qilib kelayotgan hamshiralardan Turdieva Umida, Islomova Shaxlola va Saraeva Malohatlar ijtimoiy sug‘urta budjeti mablag‘lari hisobidan 2023 yilda o‘tkazilishi rejalashtirilgan aksiyalar doirasida “Umid gulshani” sanatoriyasida davolanish uchun bepul yo‘llanmalar berildi.
Kasaba uyushmalariga rahmat, har jabhada biz ishlovchi xodimlarni qo‘llab quvvatlab keladi, – deydi Jondor tuman tibbiet birlashmasi xodimi Islomova Shaxlola. Kasb bayramimiz arafasida sihatgohga yo‘llanma berilishi esa haqiqiy tuhfa bo‘ldi.
Ushbu bepul berilayotgan yo‘llanmalar “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da mehnatkashlarni sog‘lomlashtirish orqali Kasaba uyushmalari a’zolariga ko‘rsatilayotgan e’tiborning yana bir kurinishidir
.
Halima RO‘ZIEVA,
O‘zbekiston kasaba uyushmalari
Federatsiyasi Buxoro viloyat Kengashi