Xalqaro ta’lim kasaba uyushmalari Yevropa qo‘mitasi direktori Syuzen Floken, Xalqaro ta’lim kasaba uyushmalari Yevropa qo‘mitasi koordinatori Yekaterina Yefrimenko hamda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi respublika kengashi raisi Ravshan Melsovich Bedilovlar Buxoro shahridagi 23-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. Tashrif davomida mexmonlar maktab faoliyati, o‘qituvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quvchi va o‘qituvchilarning til bilish darajasi, o‘quv-tarbiya jarayonlari hamda maktab boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi faoliyati bilan kengroq tanishdilar.
Maktab chet tillarini o‘rgatishga ixtisoslashtirilganligini inobatga olgan holda mexmonlar o‘quvchi va o‘qituvchilar bilan ingliz tilida bemalol muloqot qilganliklari, ayniqsa 1-sinf o‘quvchilari tomonidan ijro etilgan ingliz tilidagi qo‘shiq mexmonlarga zavq bag‘ishlagani barchamizni birdek quvontirdi.
Bir so‘z bilan aytganda mexmonlarning Buxoro shahridagi 23-ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabiga tashriflari olam-olam taasurotlarga boy bo‘ldi desak adashmagan bo‘lamiz.