| Moliya bo‘limi bosh hisobchisi |
Raxmatov Furqat Ahmadovich (0365) 223-63-21 |
| Moliya bo‘limining yetakchi mutaxassisi |
Xoliqov Dilshod Erkin o’g’li (0365) 223-08-75 |
| Moliya bo‘limining mutaxassisi |
Ro’ziyeva Zarina Toyirovna (0365) 223-08-75 |
O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi tizimida kasaba uyushmasi
a’zolik badallari hisobidan sanatoriy va dam olish uylariga imtiyozli
yo‘llanmalar olishni rejalashtirish, chiqarish, taqsimlash, sotish,
hisobga olish, berish va hisobotlarni tartibga solish to‘g‘risida
YO‘RIQNOMA
1. UMUMIY QOIDALAR
Mazkur Yo‘riqnoma O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ustavi asosida, kasaba uyushmasi a’zolarini kasaba uyushma budjeti mablag‘lari, ya’ni a’zolik badallari hamda korxona, tashkilot va muassasalar bilan kasaba uyushma tashkilotlari o‘rtasida tuzilgan jamoa shartnomalari yoki tarmoq kelishuvlariga asosan kasaba uyushmalari tashkilotlariga o‘tkazib berilgan mablag‘lar hisobidan sanatoriy va dam olish uylarida sog‘lomlashtirish, dam oldirishni tashkillashtirish, kasaba uyushmalari tashkilotlari tasarrufidagi ijtimoiy ob’ektlarni saqlab turish hamda kasaba uyushmalari faoliyatini rivojlantirish maqsadlari uchun mablag‘lar ajratish tartibini belgilaydi.
2. YO‘RIQNOMANING ASOSIY MAQSADI
Ushbu Yo‘riqnoma kasaba uyushma a’zolari va ularning oila a’zolariga boshlang‘ich kasaba uyushmalari tashkilotlarining ixtiyorida qoldirilgan a’zolik badallari hamda jamoa shartnomalari orqali xo‘jalik organlari tomonidan o‘tkazilgan mablag‘lar hisobidan sanatoriy va dam olish uylariga imtiyozli yo‘llanmalar berish, taqsimlash, sotish hamda hisobotlarni yuritish tartiblarini belgilaydi.
Юклаш: Йўлланмалар Йўриқномаси
