Respublikamizda noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” deb e’lon qilingan, bunda keksalar turizm oyligini munosib o‘tkazish, ularning dam olishlarini maroqli tashkil etish hamda ichki turizmni rivojlantirish maqsad etib belgilangan.Ushbu oylik munosabati bilan viloyat ichki ishlar xodimlari va ularning oila a‘zolaridan iborat 50 nafar hamda Buxoro tuman kengashi tomonidan 25 nafar faollar, sohada bir necha yil faoliyat yuritgan nuroniylar Samarqand shahriga sayohatga yuborildi.