11 noyabr — “Kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan tuman miqyosida Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Vobkent tuman bo’linmasi bilan ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Vobkent tuman bo’linmasi Kengashi bilan hamkorlikda madaniy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirni O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro viloyati bo’yicha mas’ul tashkilotchi R.Nosirova kirish so’zi bilan ochib berdi. Barcha xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim tashkilot boshlang’ich tashkilot kasaba uyushmasi raislarini «Kasaba uyushmalari kuni» bilan chin qalbidan tabrikladi. Tashkilot va muassasa xodimlari manfaatlarini himoya qilishda kuch-quvvat, sog’lik tiladi. Shundan so’ng ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Vobkent tuman bo’linmasi kengashi raisi O’.Toshev kasaba uyushmasi tomonidan amalga oshirilgan ishlar bo’yicha hisoboti tinglandi.
Faxriy mehmonlardan O.Ro’ziyev hamda Sh.Amonovlar tashrif buyurdilar.Tadbirda maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan tayyorlab kelingan raqs va sahna ko’rinishlari ishtirokchilarga xush kayfiyat baxsh etdi.
Tadbir so’nggida xalq ta’limi va maktabgacha ta’lim tashkilot boshlang’ich tashkilot kasaba uyushmasi raislariga faxriy yorliq,qimmatbaho sovg’alar hamda Qudratilla Rafiqovning «Mening Prezidentim» nomli kitobi sovg’a qilindi.