SHIFOKORLAR, BAYRAMINGIZ MUBORAK BO’LSIN!

Mamlakatimizda noyabr oyining ikkinchi shanbasi shifokorlar kuni sifatida keng nishonlandi.  Kogon shahar hokimligida tantanali ravishda shifokorlarni taqdirlash  marosimi nishonlandi. Tadbirda «Sharafli shu bilan birga mas’uliyatli kasb egalari Sizlarga har qancha tasannolar aytsak shuncha kam. Sababi boshqa kasb egalari qiladigan xatolarni qilishga Sizlarning haqqingiz yo’q. Insoniyatning hayoti Siz azizlarning qo’lingizda. Boshimizga hamisha sog’-salomat bo’linglar. Og’ir, mashaqqatli kasbingizga zafarlar tilayman. Insonlar hayotiga darmon bo’lishda charchamasliklaringizni, xonadonlaringizga fayzu baraka, oilangizga tinchlik-xotirjamlik tilayman! Yana bir bor Kasb bayramingiz muborak bo‘lsin!» — Hayot Davlatov muborak etdi.

Kogon shahar tibbiyot birlashmasi, markaziy hamda oilaviy poliklinikada fidokorona mehnat qilib kelayotgan bir guruh shifokorlar tashakkurnoma va estalik sovg’alari bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email