«Yangi O‘zbekiston taraqqiyoti yolida kasaba uyushmalarining roli

“11-noyabr O‘zbekiston kasaba uyushmalari kuni” bayrami munosabati bilan tumandagi 65- ixtisoslashgan davlat umumta’lim maktab internatida, O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi G’ijduvon tuman bo’linmasi kengashi tasarrufidagi boshlang‘ich tashkilot raislari faollari ishtirokida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Buxoro viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R.Nosirova, G’ijduvon tuman Xalq Ta’lim Bo’limi mudiri M.Fayziyev, G’ijduvon tuman Maktabgacha Ta’lim Bo’limi mudiri Z.Fuzaylov, G’ijduvon tuman bo’linmasi kengashi tasarrufidagi 6- maktab boshlang‘ich tashkilot raisi Sh.Hasanova, G’ijduvon tuman hokimiyatining ma’naviyat va ma’rifat markazi G’ijduvon tuman bo‘linmasi raisi Y.Homidov ishtirok etdi.

  “Yangi O‘zbekistonda -yangi kasaba uyushmalarining o‘rni va roli» mavzusida ma’ruza hamda boshlang‘ich tashkilotlari o’rtasida o’tkazilgan “Video rolik”, “Eng yaxshi maqola”, “Chellenge” ko’rik tanlovlariga faxrli o’rinlarni egallagan hamda faol ishtirokchilar bayram munosabati bilan 1 darajali, 2 darajali, 3 darajali, 4 darajali diplomlar hamda tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email