Sog’lom ayol – sog’lom kelajak

     Joriy yilning 2 mart kuni shaxar tarmoq tashkilotlari jamoalari o’rtasida 8-mart — «Xalqaro xotin-qizlar kuni» munosabati bilan «Kasaba uyushmari kubogi uchun» sportning voleybol turi bo’yicha musobaqasining shaxar bosqichi bo’lib o’tdi. Unda jami 17 ta tarmoq tashkilotlaridan jamoalar ishtirok etib, musobaqa ko’tarinki kayfiyatda o’tkazildi. Natijalarga ko’ra uchinchi o’rinni 17-sonli IDUM, ikkinchi o’rinni 10- sonli IDUM va faxrli birinchi o’rinni 7-o’rta umumta’lim maktablari jamoalari egalladi. G’oliblar esdalik sovg’alari va diplomlar bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email