Aholini ro‘yxatga olish dasturi va Aholini ro‘yxatga olishda shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish tartibi

    Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish amalga oshiriladigan savollar ro‘yxati Aholini ro‘yxatga olish dasturidir.

    Aholini ro‘yxatga olish dasturi quyidagi savollarni o‘z ichiga oladi:

     familiyasi, ismi, otasining ismi;

     tug‘ilgan sanasi va joyi;

     yoshi;

     jinsi;

     millati;

    fuqaroligi;

    yashash joyi (turganjoyi);

    tillarni bilishi;

    ma’lumoti;

    nikoh holati;

    bolalarining soni;

    uy xo‘jaligi tarkibi;

    uy-joy sharoitlari;

    bandligi;

    yashash uchun mablag‘lar manbalari;

    migratsiya (ichki va tashqi).

     O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan Aholini ro‘yxatga olish dasturiga qo‘shimcha ravishda boshqa savollar kiritilishi mumkin.

     Javoblari davlat sirlariga va qonun bilan qo‘riqlanadigan boshqa sirga taalluqli axborotni o‘zichiga olishi mumkin bo‘lgan, fuqarolarning huquqlari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini buzuvchi savollar kiritilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

     Ro‘yxatga olish va rag‘ining shakllari Aholini ro‘yxatga olish dasturi asosida ishlab chiqiladi va tasdiqlanadi.

     Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish respondentlar yashaydigan (turadigan) turar joylarni va boshqa xonalarni aylanib chiqish chog‘ida yoxud mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari tomonidan ushbu maqsadlar uchun beriladigan xonalarda respondentlar so‘rovini o‘tkazish hamda ro‘yxatga olish varaqlarini to‘ldirish orqali amalga oshiriladi.

     Shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish axborot xavfsizligini ta’minlash talablarini hisobga olgan holda axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.

     Respondentlar so‘rovi davlat tilida o‘tkaziladi. Davlat tilini bilmaydigan respondentlar onatilida yoki erkin ravishda tanlangan muloqo tilida so‘rovdan o‘tkazilishi mumkin.

    Ro‘yxatga olish varaqlari ro‘yxatga oluvchi xodimlar tomonidan respondentlarning so‘zlari asosida to‘ldiriladi.

    Aholini ro‘yxatga olishni o‘tkazish muddati ichida yashash (turgan) joyida hozir bo‘lmagan yoki voyaga yetmagan shaxslar bo‘lgan respondentlar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar ular uyxo‘jaligining voyaga yetgan a’zolari tomonidan ma’lum qilinadi. O‘ziga nisbatan vasiylik yoki homiylik belgilangan shaxslar to‘g‘risidagi shaxsga doir ma’lumotlar ularning vasiylari yoxud homiylari tomonidan ma’lum qilinadi.

    Respondent ro‘yxatga olish varag‘idagi savollarga javob berishni rad etgan taqdirda ro‘yxatga olish varag‘i fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlaridagi yoki mahalliy davlat hokimiyati organlaridagi mavjud ma’lumotlar asosida to‘ldiriladi.

    Aholini ro‘yxatga olish dasturida nazarda tutilmagan savollar bo‘yicha shaxsga doir ma’lumotlarni yig‘ish taqiqlanadi.

Print Friendly, PDF & Email