Bir bol’sak — yagona xalqmiz, birlashsak — Vatanmiz!



Mustaqilligimizning 33 yillik shonli sanasi chinakam umumxalq bayrami, ozodlik va saodat ayyomi sifatida ko‘tarinki kayfiyatda  kutib olinmoqda.  

Viloyat kengashining  tashabbusi bilan  joriy yilning 22 avgust kuni viloyat drama teatrida  «Bir bol’sak —  yagona xalqmiz,  birlashsak — Vatanmiz!» bosh g’oyani o’zida mujassam etgan «Mustaqil ona yurtim!»  nomli konsert dasturi tashkil etildi.  Mazkur konsert dasturida O‘zbek Milliy akademik drama teatrining mashhur i O’zbekistonda xizmat  ko’rsatgan aktyorlari Kamoliddin Raxmatov, Tolibjon Mo’minov  hamda taniqli so’z ustasi Valijon Shamsiyev va bir qator yosh ijodkorlar tashrif buyurdilar. Bayram dasturida   uzoq yillar davomida  fidokorona mehnat qilgan faxriylar, turli sohalarda mehnat  qilayotgan kasaba uyushmasi a’zolari  ishtirok etib, maroqli dam oldilar.

Shuningdek, konsert dasturi davomida mashhur aktyorlar va so’z ustasi tomonidan ijro etilgan rollar, ichak uzdi hangomalar tomoshabinlarga chinahkam bayramona kayfiyat  bag’ishladi.

Print Friendly, PDF & Email