
Viloyat aholisi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularning xalqaro arenalarda munosib ishtirokini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Aquatics Buxoro viloyati hududiy bo‘limi tomonidan muhim tashabbus amalga oshirildi.
Mazkur tashabbus doirasida Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro davlat tibbiyot instituti bilan ikki tomonlama hamkorlik memorandumlari imzolandi. Ushbu memorandumlar ta’lim muassasalari va sport tashkilotlari o‘rtasidagi o‘zaro hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqishga xizmat qiladi.

Мazkur hamkorlik orqali talabalarning sport sohasidagi nazariy bilimlari va amaliy ko‘nikmalarini mustahkamlash, sog‘lom va faol hayot tarzini shakllantirish, suzish sporti bo‘yicha yuqori natijalarga erishish uchun zarur shart-sharoitlarni yaratish ko‘zda tutilgan.
Ushbu memorandumlar nafaqat sport sohasini rivojlantirish, balki yosh avlodning jismonan sog‘lom, ma’nan yetuk va vatanparvar insonlar bo‘lib kamol topishida ham muhim ahamiyat kasb etadi.
Kelgusida ushbu hamkorlik doirasida yirik sport tadbirlari, iqtidorli yoshlar uchun maxsus dasturlar va xalqaro loyihalarni amalga oshirish rejalashtirilgan.