9-may — “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Inson aziz, xotira muqaddas” shiori ostida Respublika tez tibbiy yordam markazi Buxoro viloyat filialining tuman va shahar bo‘limlarida uzoq yillar namunali faoliyat yuritib, hozirda nafaqada bo‘lgan faxriy xodimlar hamda sohada xizmat qilib vafot etgan xodimlarning oila a’zolari holidan xabar olindi.
Jumladan, 58 nafar faxriy va marhumlar oila a’zolari O‘zbekiston sog‘liqni saqlash xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining “Yodnoma” va “Qadrnoma”lari hamda filial kasaba uyushma qo‘mitasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Uchrashuv davomida faxriylarning fidokorona mehnati, soha ravnaqi yo‘lidagi xizmatlari alohida e’tirof etildi. Ko‘rsatilgan e’tibor va hurmat ularga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi. Ularning samimiy minnatdorligi va mamnunligi tadbir ishtirokchilariga ham iliq taassurot ulashdi.


