Jamoa shartnomasi — ish beruvchi va xodimlar o‘rtasidagi mehnat munosabatlarini tartibga soluvchi muhim huquqiy hujjat hisoblanadi.

Buxoro viloyat pedagogik mahorat markazida ma’muriyat va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2023–2025-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasining 2025-yilda bajarilishi va 2026–2028-yillarga mo‘ljallagan jamoa shartnomasini qabul qilishga oid mehnat jamoasining umumiy yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yig‘ilishda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining Buxoro viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R. Nosirova, Buxoro viloyat kengashining mutaxassisi Z. Ro‘ziyeva, Buxoro shahar bo‘linmasi kengashi raisi D. Aralovalar ishtirok etdilar.

Kun tartibidagi masalalar yuzasidan markaz direktori va boshlang‘ich kasaba uyushma qo‘mitasi raisining hisobotlari tinglandi.

Yig‘ilish yakunida markaz ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2026–2028-yillarga mo‘ljallangan jamoa shartnomasi loyihasi ma’qullanib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
