
Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi hamda viloyat kengashi hamkorligida “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida tabiat qo‘ynida sumalak sayli tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar bahoriy kayfiyatni his etib, milliy urf-odat va an’analarimizni yana bir bor qadrlashdi. Sumalak atrofida jam bo‘lganlar o‘zaro samimiy suhbatlar qurib, mehr-oqibat va hamjihatlikni mustahkamlashdi.

Bayramona kuy-qo‘shiqlar, milliy taomlar va musaffo tabiat bag‘rida o‘tgan ushbu sayl barchaga unutilmas taassurotlar ulashdi


Viloyat kengashi matbuot kotibi