
Buxoro turizm va madaniy meros texnikumida yoshlar bilan ochiq muloqot va “Zakovat” intellektual o‘yini boʻlib oʻtmoqda. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyat kengashi hamda Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasi bilan hamkorlikda yoshlar bilan tizimli ishlash ularning ijtimoiy faolligi va tashabbuskorligini oshirish, yoshlarning muammo va takliflarini o‘rganish, ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi boʻlib o’tdi.

“Rahbar va yoshlar” uchrashuvi doirasida yoshlarning muammo va takliflari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi.
Uchrashuvda viloyat kengashi raisi o‘rinbosari H. Beshimov, Madaniyat, sport va turizm xodimlari kasaba uyushmasi viloyat birlashgan qo‘mitasi raisi D. Temirova hamda yoshlar masalalari bo‘yicha maslahatchi D. Jo‘rayev ishtirok etib, yoshlar bilan ochiq muloqot olib bordilar.
Тadbir davomida “O‘zbekiston kasaba uyushmalari. 120 yil xalq bilan” kitobining taqdimoti bo‘lib o‘tdi. Unda kitobning yaratilish jarayoni, tarixiy manbalar va hujjatlar asosida zamonaviy yondashuvlar bilan boyitilgani alohida ta’kidlandi.



Uchrashuv yakunida tashkil etilgan “Zakovat” intellektual o‘yinida yosh xodimlar va talaba-yoshlar faol qatnashib, o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Qiziqarli va murosasiz kechgan bahslar natijasida “Ilm izdoshlari” jamoasi taqdirlanib, 2 kunlik sayohat uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.


