Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuni

Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filiali hududiy kasaba uyushmasi tomonidan uzelning texnik o‘quv mashg‘ulotlari markazida 28 aprel — “Butun jahon mehnatni muhofaza qilish kuni”ga bag‘ishlangan “Sog‘lom psixologik-ijtimoiy ish muhitini ta’minlaylik” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.

Seminarda tashkilotning bosh muhandisi I. Berdiyev va barcha korxona va tashkilotlarning mehnatni muhofaza qilish muhandislari, boshlang‘ich kasaba uyushmasi tashkilotlari raislari ishtirok etdilar.
Seminarda viloyat kengashining mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha yetakchi mutaxassisi A. Amonov hamda viloyat kengashi mehnat texnik inspektori H. Barnoevlar ishtirok etib, mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha ma’ruza qildilar.
Yakunida Buxoro mintaqaviy temir yo‘l uzeli filialiga qarashli korxona, tashkilot va muassasalar o‘rtasida “Mehnat muhofazasi va xavfsizligi bo‘yicha jamoatchilik nazoratini tashkil etish yuzasidan respublika ko‘rik-tanlovi”ning 1-bosqichi g‘oliblarini tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Print Friendly, PDF & Email