Yoshlar markazida uchun “Havas” guruhining ko’ngil ochar dasturi

Kasaba uyushmalari tashkilotlari tomonidan ishchi-xodimlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ularning ma’naviy dunyosini boyitish hamda jamoada sog‘lom ijtimoiy-ruhiy muhitni yanada mustahkamlash maqsadida qator madaniy-ma’rifiy tadbirlar muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri sifatida joriy yilning 25 aprel kuni Yoshlar markazida Havas guruhi ning konsert dasturi tashkil etildi.

Mazkur konsert dasturi o‘zining yorqin chiqishlari, milliy va xorijiy kuy-qo‘shiqlarga boy repertuari bilan ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, guruh tomonidan ijro etilgan mashhur hind qo‘shiqlari tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi. Tomoshabinlar kuy va qo‘shiqlarga jo‘r bo‘lib, samimiy va quvnoq muhitda maroqli hordiq chiqarishdi.

Tadbir davomida xodimlar nafaqat madaniy hordiq oldilar, balki o‘zaro muloqot qilib, jamoaviy ruhni yanada mustahkamlash imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Bunday uchrashuvlar ishchi-xodimlar o‘rtasida do‘stona munosabatlarni rivojlantirish, o‘zaro hurmat va hamjihatlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Konsert dasturi yakunida ishtirokchilar tadbirdan olgan ijobiy taassurotlari bilan o‘rtoqlashib, bu kabi madaniy tadbirlar ularning kayfiyatini ko‘tarish, ish samaradorligini oshirish hamda kundalik mehnat jarayoniga yangicha ruh bag‘ishlashini alohida ta’kidladilar.

Shubhasiz, kasaba uyushmalari tomonidan tashkil etilayotgan bunday tadbirlar xodimlarning ma’naviy ehtiyojlarini qondirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish hamda jamoada sog‘lom va ijobiy muhitni qaror toptirishga xizmat qiladi.

Print Friendly, PDF & Email