“O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasi G‘arbiy filiali tizimidagi elektromontyorlar o‘rtasida kasbiy mahorat tanlovining birinchi bosqichi o‘tkazildi. Tanlovdan ko‘zlangan asosiy maqsad — xodimlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini oshirish, iqtidorli mutaxassislarni aniqlash hamda ularni rag‘batlantirishdan iborat. Unda jami 22 nafar elektromontyor ishtirok etib, nazariy va amaliy sinovlarda o‘z salohiyatini namoyish etdi. Yakuniy natijalarga ko‘ra, 2 nafar ishtirokchi keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan barcha ishtirokchilar qo‘llab-quvvatlanib, ularga esdalik sovg‘alari topshirildi, bunday tanlovlar jamoada sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, hamjihatlikni mustahkamlash hamda xodimlarning kasbiy rivojiga xizmat qiladi.
