Yoshlar bilan ochiq muloqot va muhim tashabbuslar muhokamasi

Buxoro shahar 45-umumta’lim maktabida bitiruvchi o‘quvchilar ishtirokida rahbarlar va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda Buxoro viloyati kengashining yoshlar masalalari bo‘yicha rais maslahatchisi D. Jo‘rayev, Ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasining viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi R. Nosirova ishtirok etib, uchrashuv da yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi va iqtidorini rivojlantirishga qaratilgan muhim tashabbuslar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Ochiq muloqot davomida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish va mutolaaga qiziqishni oshirish masalalariga alohida yondashildi va yakunida faol va tashabbuskor bitiruvchilarga kitob to‘plamlari topshirilib, ularning bilim olishga bo‘lgan intilishi yanada rag‘batlantirildi,

 

Print Friendly, PDF & Email