Viloyat kengashining katta majlislar zalida respublikamizdan tashrif buyurgan san’at ustalari, madaniyat namoyondalari va turli sohalarda mehnat qilayotgan kasaba uyushmasi faollari ishtirokida “Ma’rifat soati” tashkil etildi.
Tadbirda so’zga chiqqanlar Mustaqilligimizning 33 yilligi bilan barchani tabriklab, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari haqida to’xtalib o’tdi va ishtiokchilarga o’zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi. Mazkur tadbir davomida san’at ustalarining chiqishlari barchaga manzur bo’lib, ularga bayramona kayfiyat ulashdi.