Тanlov g‘oliblari

         Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarni jadallashtirish, ularni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 18-noyabr kungi 65-sonli qo’shma qarori va O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan 2021-yil noyabr-dekabr oylarida umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovi tashkil etilishi belgilab berilgan.

“Mening Prezidentim” Respublika ijodiy ishlar tanlovini o‘tkazish bo‘yicha tuman xalq ta’limi bo‘limining qarori ijrosini ta’minlash maqsadida joriy yilning 10-dekabrida tanlovning Buxoro tuman bosqichi o‘tkazildi. Tanlovda jami 53 ga yaqin o‘quvchi ishtirok etdi. 10-11-sinflar o‘rtasida insholar tanlovida ajratilgan vaqt mobaynida o’quvchilar mavzuga oid tushunchalarini, tasavvurlarini qog’ozga tushirib, bor mahoratlatini namoyish etishga harakat qilishdi. Yakunlangan ijod mahsullari tayinlangan hakamlar hay’ati a’zolariga shaffof tarzda baholanish uchun taqdim etildi. Yakunlangan ijod mahsullari tayinlangan hakamlar hay’ati a’zolariga shaffof tarzda baholanish uchun taqdim etildi. 7-maktabning 10-sinf o‘quvchisi Qurbonova Parbina viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi. Tanlovda g‘olib deb e’lon qilingan ishtirokchilar O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Buxoro tuman bo‘linmasi kengashi tomonidan sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email