Yangi O’zbekiston — yangi imkoniyatlar

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev rahbarligida mamlakatimizda ta’lim-tarbiya tizimining sifati va samaradorligini oshirish bo‘yicha izchil chora-tadbirlar amalga oshirib kelinmoqda.

Olib borilayotgan islohotlar samarasi o‘laroq maktab o‘quvchilari turli fanlar bo‘yicha o‘z bilimlarini respublika va xalqaro tanlovlarda namoyon etib kelmoqdalar.

   O‘quvchilarda so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilgan islohotlarni teran idrok etish va ular to‘g‘risida mulohaza yuritish ko‘nikmalarini, Vatanimiz taqdiri, ertangi kuni va istiqboliga daxldorlik tuyg‘usini rivojlantirish, ularda ijodiy, tanqidiy, nostandart fikrlash, notiqlik, moslashuvchanlik, o‘z fikrini ijodkorona yetkazib bera olish ko‘nikmalarini shakllantirish ham ta’limning ajralmas qismidir.

    Yuqoridagilarni inobatga olib, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga doir ishlar samaradorligini oshirish va faollashtirish, bu boradagi ta’lim-tarbiyaviy ishlarni jadallashtirish, ularni milliy g‘oya va Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash hamda O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining 2021-yil 18-noyabr kungi 65-sonli qo’shma qarori va O‘zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Ijroiya qo‘mitasining 2021-yil 18-noyabr kungi 6-01-“s”-sonli hamda Romitan tuman XTBning 2021-yil 22-noyabrdagi 141-sonli, O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Romitan tuman bo’linmasi kengashining 2021-yil 22-noyabrdagi 37-sonli qo‘shma qarori ijrosini ta’minlash maqsadida, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan 2021-yil noyabr-dekabr oylarida umumta’lim maktablarining 10-11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida “Mening Prezidentim” ijodiy ishlar tanlovi tashkil etilishi belgilab berilgan.

   Romitan tuman 1-IDUMda ushbu tanlovning tuman bosqichi bo’lib o’tdi. Unda tuman maktablaridan ishtirokchi sifatida 40 nafar o’quvchi «Yangi O’zbekiston — yangi imkoniyatlar» mavzusidagi insholar yozishda o’zaro bellashishdi. Ajratilgan vaqt mobaynida o’quvchilar mavzuga oid tushunchalarini, tasavvurlarini qog’ozga tushirib, bor mahoratlatini namoyish etishga harakat qilishdiHakamlar xulosasiga ko’ra 2-maktab o’quvchisi Azimova Dildor viloyat bosqichiga yo’llanmani qo’lga kiritishga muvaffaq bo’ldi.

Print Friendly, PDF & Email