Навоийга эҳтиром

       Jonajon Vatanimiz «Milliy tiklanishdan — milliy yuksalish sari» degan tamoyil asosida taraqqiyotning butunlay yangi bosqichiga qadam qo‘yib, yangi Uyg‘onish davri — Uchunchi Renessans poydevorini yaratayotgan bugungi kunda Alisher Navoiyning bezavol adabiy merosi misolida o‘zbek adabiyoti va madaniyatini chuqur o‘rganish va ommalashtirish har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etmoqda.

    Shu kunlarda O‘zbekiston bo‘ylab o‘zbek adabiyoti tarixida yorqin iz qoldirgan, buyuk mutafakkir va davlat arbobi Alisher Navoiy tavalludining qutlug‘ 581 yilligi cheksiz ehtirom bilan keng nishonlanmoqda. Ulug‘ shoir o‘zining she’riy va nasriy asarlarida yuksak umuminsoniy va vatanparvarlik g‘oyalari, ona tilimizning beqiyos so‘z boyligi, cheksiz ifoda imkoniyatlarini butun jozibasi va latofati bilan namoyon etib, yer yuzidagi millionlab kitobxonlar qalbidan munosib o‘rin egallagan.

   Hazrat Navoiy bir tomondan yetuk shoir, olim, yozuvchi, tilshunos, musiqashunos va orif boshqa tomondan esa davlat arbobi siymosida namoyon bo‘lib, davlat arbobi sifatida ham eng katta e’tiborni madaniyat va adabiyot ahliga, hududlarni obodonlashtirish, xalq turmush darajasini yaxshilashga qaratadi.

   Bugun, 9 fevral kuni Buxoro tuman hokimligi, xalq ta’limi bo‘limi, madaniyat bo‘limi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro tuman bo‘linmasi hamda tuman “Mahalla” xayriya jamoat fondi  bilan hamkorlikda «Yangiobod» mahalla fuqarolar yig’ini hududida joylashgan 27-maktabda «Navoiyga ehtirom»  mavzusida tadbir tashkil etildi.

Tadbir so‘ngida Alisher Navoiy siymosiga ehtirom sifatida uning mahobatli haykali poyiga gulchambarlar qoʻydi. Xulosa shuki, Navoiyni har kim, har kun o‘qish lozim.

Print Friendly, PDF & Email