Navoiy dahosiga ehtirom!

9 fevral – Bugun «shams ul-millat» — millat quyoshi  tavallud topgan kun! Alisher Navoiy tavalludiga 581 yil to‘ldi.Bugun erta tongda Buxoro davlat universitetida Hazrat Navoiyga o‘rnatilgan byust qarshisida Buxoro Yozuvchilar uyushmasi raisi, shoir Shodmon Sulaymon, O`zbekiston Respublikasi Ma’naviyat-ma`rifat markazi Buxoro viloyati bo`limi rahbari Marhabo Pardayeva, jamoatchilik vakillari, BuxDU rektori Obidjon Xamidov boshchiligidagi universitet rahbariyati, professor-o`qituvchilar, talaba-yoshlar to`planishdi. Hazrat Navoiyga ehtirom yuzasidan byust poyiga gulchambar qo‘yilib, hurmat bajo keltirildi.

 

Azizbek Hakimov

O`zbekiston Respublikasi Ma’naviyat-ma`rifat markazi

Buxoro viloyati bo`limi kasaba uyushmasi raisi.

Print Friendly, PDF & Email