Ikki buyuk siymo — ikki qadriyat

                Ikki buyuk siymo — ikki qadriyat

      O’zbek adabiyotining ikki buyuk chinori, millatimiz iftixori bo’lgan buyuk mutafakkirlar, turkiy tilni jahon aro tanitgan ulug’ siymolar-Alisher Navoiy va Zahiriddin Bobur Mirzolarning tavallud ayyomlarini nishonlash mamlakatimizda eng yaxshi an’ana va ulug’ shodiyonaga aylangan.

      Darhaqiqat, bugun yurtimiz ana shu shodiyona og’ushida mast. Har bir xonadon, har bir muassasa bugun buyuk ajdodlarimizga hurmat ko’rsatib, turli tadbirlar, tanlovlar uyushtirmoqda. Buyuk siymolarga ko’rsatilayotgan bunday yuksak ehtirom bejiz emas, albatta.Chunki bir asrning ikki dahosi bo’lgan Navoiy va Bobur hazratlarining hayoti biz uchun o’rnak, ibrat maktabi vazifasini bajarsa, ularning ijodiy merosi  nafaqat millatimizni, balki butun insoniyatni ezgulik bayrog’i ostida birlashtiradi. Sana munosabati bilan Shofirkon tumanidagi 4 ta sektor kesimidagi maktab jamoalari: 1-sektor kesimida  “Navo“ jamoasi, 2- sektor kesimida  “Sham’i anvar” jamoasi, 3-ektorninmg   “Sabo “ jamoasi va 4-sektor kesimida “Ziyo” jamoalari o’zbek adabiyoti daholari bo’lmish Alisher Navoiy va Bobur ijodi bo’yicha o’zaro bellashdilar.  Tadbirdan maqsad yosh avlodni mumtoz adabiyotga mehr ruhida tarbiyalash, millat ertasi bo’lmish o’quvchilar qalbini Alisher Navoiy va Bobur dahosining farahbaxsh nurlari bilan yoritmoqdir.

      Bir-biridan qiziqarli 4 shart asosida o’tkazilgan ushbu bellashuvda o’quvchilarning sahna madaniyati, mumtoz badiiy asarlarni ifodali o’qish malakasi, ularning Alisher Navoiy va Bobur ijodi bo’yicha olgan bilimlari, mumtoz qo’shiqlarni kuylay olish va unga mos raqs ijro etish mahorati sinovdan o’tkazildi. Eng qizig’i, jamoalarni tayyorlagan ona tili va adabiyot fani ustozlari ham  shogirdlari ijrosidan zavq olib, g’azallarni ifodali o’qish bo’yicha o’zaro bellashdilar. Ustozlar ijrosi yosh avlod vakillari uchun o’ziga xos mahorat maktabi vazifasini o’tadi.

Tadbir so’ngida g’olib jamoalarga Ta’lim  va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shofirkon tuman kengashi  hamda Xalq ta’limi bo’limining diplomlari va qimmatbaho esdalik sovg’alari topshirildi.

Print Friendly, PDF & Email