SIZ DOIMO E’ZOZDASIZ, TA’LIM FIDOYILARI!

O‘zining bor mehri va qalb qo‘rini bolalarga berish, ularning hayotiga ma’no bag‘ishlash uchun o‘z orom va halovatidan voz kechib, dunyoda bilim va ma’rifatdan kuchliroq kuch yo‘q ekanligini yillar davomida isbotlab kelayotgan ta’lim tizimi fidoyilariga hurmat va ehtirom ko‘rsatish maqsadida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Kengashi tomonidan Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi. Tadbirga Buxoro viloyatida ta’lim tizimida uzoq yillar mehnat qilib kelayotgan 40 o‘z kasbining fidoyilari taklif etildi. 

2024 yil 7-may kuni O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashi tomonidan Buxoro shahrida “9-may Xotira va qadrlash” kuniga bag’ishlab tadbir tashkil qilindi.

Tadbirni O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Buxoro viloyat Kengashi raisi  M. Olimov kirish so’zi bilan ochib, Xotira va qadrlash kunining mazmun va mohiyati haqida batafsil  to‘xtalib o‘tdi. O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining raisi Ravshan Bedilov ta’lim tizimida uzoq yillar davomida mehnat qilib kelayotgan o’z kasbining fidoiylari tarbiyachi, o’qituvchi, kutubxonachi, hamshira va texnik xodimlarini bayram bilan tabrikladi.

40 nafar ta’lim fidoiylari O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining estalik sovg’alarini bilan taqdirlandi.

40 nafar ta’lim fidoiylari O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika kengashining estalik sovg’alarini bilan taqdirlandi.

Print Friendly, PDF & Email