RShTYoIM Buxoro filialida 9-may “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan bayram tabrigi bo‘lib o‘tdi

    Bugungi tadbir 9-may “Xotira va qadrlash kuni” bayramiga bag‘ishlandi. Bayram tadbiriga markazda uzoq yillar halol mehnat qilib, hozirgi vaqtda  pensiyada bo‘lib, qarilik gashtini surayotgan bir guruh xodimlar taklif etildilar. Shuningdek, Toshkent tibbiyot akademiyasi 2-klinikasi travmatologiya-ortopediya va HDJ kafedrasi professori A.Sh.Hamroev, Buxoro Davlat tibbiyot instituti professorlari M.Abduraxmonov, Sh.O‘roqovlar tashrif buyurdilar va tilaklar izhor qildilar.  Markazning mehnat faxriylari M.Hakimov, A.Ibragimov, Ch.Xo‘jaqulov va tashrif buyurgan mehmonlar tabrik so‘zlari bilan chiqib, o‘tganlarni xotirladilar.   

     Shuningdek, bayram tabrigida  9-may — Xotira va qadrlash kuni — g‘urur va qayg‘u kunimiz, jang maydonlarida jasorat bilan kurashgan, front ortida sabr-toqat va qat’iyatlilik, mehribonlik hamda rahm-shafqat ko‘rsatgan zamonamizning xaqiqiy qahramonlariga har bir fuqarolarimiz tomonidan cheksiz minnatdorchilik bildirish va bu dargohda bizgacha mehnat qilib el-yurt xizmatida bo‘lgan faxrli ustozlarimiz, zaxmatli sobiq xodimlarimizni qadrlash kuni ekanligi eslatildi.

 

    Markazimizning rahbariyat xodimlari, bo‘lim mudirlari, katta hamshiralar va faxrli ustozlar kasaba uyushmasi bilan hamkorlikda “Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan an’anaviy tarzda markazimizda faoliyat ko‘rsatgan, hozirgi kunda nafaqada bo‘lgan ko‘plab hamkasblarimizni yo‘qlab,  holidan xabar olmoqdalar. Bu dunyodan o‘tgan xodimlarimiz uylariga borib oila a’zolari bilan ularni xotirasiga qur’on tilovat qilib, xotirlamoqdalar. Shuning uchun ham “Xotira abadiy-qadr muqaddasdir”.   

Print Friendly, PDF & Email