O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shofirkon tuman bo’linmasi kengashi tasarrufidagi Shofirkon tuman «Barkamol avlod» bolalar maktabi xodimlari bilan mehnat jamoalarida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan jamoa shartnoma bandlarining 2023-yilda bajarilishi hamda 2024-yil uchun jamoa shartnomasiga qo’shimcha va o’zgartirish kiritish bo’yicha yig’ilish bo’lib o’tdi. Yig’ilishda «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori Nozim Jumayev va boshlang’ich tashkilot kasaba uyushmasi raisi Muhayyo Amonovalarning hisobotlari tinglandi. Yig’ilish davomida ishtirokchilar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va fikr -mulohazalarini bildirib o’tdilar. Yig‘ilishga kasaba uyushmasining Shofirkon tuman bo‘linmasi kengashi raisi Hakimov Xayrulla Davlatovich ishtirok etib, jamoa shartnomasi bo‘yicha pedagog xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.
Mazkur yig‘ilish davomida erishilgan natijalar bilan bir qatorda, ayrim kamchiliklar va ularni kelgusida bartaraf etish yuzasidan to‘xtalib o‘tildi.