Xodimlar manfaatlarini himoya qilish – dolzarb masala

       O’zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Shofirkon tuman bo’linmasi  kengashi tasarrufidagi Shofirkon tuman «Barkamol avlod» bolalar maktabi xodimlari bilan  mehnat  jamoalarida 2023-2025-yillar uchun tuzilgan  jamoa shartnoma  bandlarining 2023-yilda  bajarilishi hamda 2024-yil uchun  jamoa shartnomasiga  qo’shimcha va o’zgartirish kiritish bo’yicha  yig’ilish  bo’lib o’tdi. Yig’ilishda «Barkamol avlod» bolalar maktabi direktori Nozim Jumayev va boshlang’ich tashkilot kasaba uyushmasi raisi  Muhayyo Amonovalarning  hisobotlari  tinglandi. Yig’ilish davomida  ishtirokchilar  o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va fikr -mulohazalarini  bildirib o’tdilar. Yig‘ilishga kasaba uyushmasining Shofirkon tuman bo‘linmasi kengashi raisi Hakimov Xayrulla Davlatovich ishtirok etib, jamoa shartnomasi bo‘yicha pedagog xodimlar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi.

      Mazkur yig‘ilish davomida erishilgan  natijalar bilan bir qatorda, ayrim kamchiliklar  va ularni kelgusida bartaraf etish yuzasidan to‘xtalib o‘tildi.

Print Friendly, PDF & Email